Helpline
(+998-71) 238 42 87
28/05/2017
+5.4 C
Предприятия профинансированные Фондом
Акционерная компания «Узбектелеком»

Акционерная компания «Узбектелеком» крупнейший оператор телекоммуникаций, который охватывает своей сетью всю территорию Республики Узбекистан.

АК «Узбектелеком» постоянно взаимодействует с международными организациями связи, участвует в международных телекоммуникационных проектах, осуществляет двустороннее сотрудничество с зарубежными операторами и компаниями-производителями телекоммуникационного оборудования.

Jamg'arma nizomi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 

rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida

NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR

   1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi (keyingi o’rinlarda "Jamg’arma" deb ataladi) aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag’ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

   2. Jamg’arma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.

   3. Jamg’arma notijorat tashkilot hisoblanadi, o’z balansiga, bank hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga egadir.

   Jamg’arma o’z majburiyatlari bo’yicha o’zining barcha aktivlari bilan javob beradi.

   Jamg’armaning mablag’lari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi.

II. JAMG’ARMA MABLAG’LARINI HAKLLANTIRISH MANBALARI

   4. Quyidagilar Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

  telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’lashdan tushuvchi mablag’larning 50 foizi;

   2018 yil 1 yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to’lashdan tushgan mablag’larning 30 foizi;

   aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy bo’ysunishidan qat’i nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablag’larning 45 foizi, raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;

   Jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;

   yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari.

III. JAMG’ARMANING VAZIFALARI VA FAOLIYATINING ASOSIY YO’NALISHLARI

   5. Quyidagilar Jamg’armaning vazifalari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:

   a) ushbu Nizomning 4-bandida ko’rsatilgan manbalardan tushgan mablag’larni jamlash;

   b) Jamg’arma hisob raqamlarida jamlangan mablag’lardan:

   davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, ma’lumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, "Elektron Hukumat" tizimlarini va davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;

   xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;

  Internet tarmog’ining milliy segmentini shakllantirishni, turli yo’nalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo’lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;

   davlat axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;

  ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar o’tkazishni;

  aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida ma’lumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;

  aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o’qitish tizimini;

   O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi apparati faoliyatini xodimlarni qo’shimcha ravishda moddiy rag’batlantirish va moddiy-texnika bazani mustahkamlash yuzasidan; 

   Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va axborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa obyektlari davlat kadastri xizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatdan o’tkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va lug’atlarni, standartlashtirish bo’yicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik xizmatni, shuningdek axborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish bo’yicha mustaqil daromad manbaiga ega bo’lmagan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashishni; 

   Respublika axborot-kutubxona markazining faoliyatini;

   axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini ta’minlash bo’yicha texnik infratuzilmani rivojlantirishni;

   tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishni;

   efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga to’sqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-o’lchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni;

   axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-ko’ngilochar va ta’lim yo’nalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni;

   qishloq joylarda xizmatlar ko’rsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;

   O’zbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni;

   operatorlar va provayderlar tomonidan ko’rsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni;

   dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yo’nalishlari bo’yicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar o’tkazish yo’li bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini rag’batlantirishni;

   litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan to’lanadigan to’lov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablag’lar summasining 5 foizi miqdorida davlat boji O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga ajratilishi bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish.

IV. JAMG’ARMA MABLAG’LARIDAN FOYDALANISH TARTIBI

  6. Jamg’arma mablag’lari faqat tegishli litsenziyalar asosida o’z faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida o’quv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga ma’lumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish uchun berilishi mumkin.

  Yuridik shaxslar yilning har choragida Jamg’armadan olingan mablag’lar ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadilar va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.

   7. Jamg’arma mablag’lari:

   beg’araz moliyaviy qo’yilmalar va grantlar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida maqsadli beg’araz moliyalashtirish;

  Jamg’arma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovidan va Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ekspertizadan o’tgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar; 

   Jamg’armaning aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi. 

  8. Jamg’arma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ekspertizadan o’tgan hamda Jamg’armaning tasdiqlangan byudjetiga muvofiq Ochiq aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ochilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablag’larga foydalanilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablag’lar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi. (O’zR VM 27.06.2015 y. 171-son Qarori tahriridagi band)

V. JAMG’ARMANING HUQUQLARI

   9. Jamg’arma quyidagi huquqlarga ega bo’ladi:

   mazkur Nizomning II bo’limida belgilangan manbalardan tushuvchi mablag’larni o’zining bank hisob raqamlarida jamlash;

   mablag’larni aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashkilotlar sarmoyasiga investitsiya qilish yo’li bilan ulardan foydalanish, ularga Jamg’armaning aksiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar berish; (O’zR VM 27.06.2015 y. 171-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

   Jamg’arma tomonidan ajratiladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, mablag’ bilan ta’minlashni to’xtatib qo’yish yoki qonun buzilishi aniqlangan taqdirda ajratilgan mablag’larni chaqirib olish;

   vaqtincha bo’sh mablag’larni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalar (depozitlar, qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar va hokazolar)ga joylashtirish.

  10. Jamg’arma mablag’larini joylashtirishga doir barcha operatsiyalar Jamg’arma Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Jamg’arma byudjeti doirasida Jamg’arma Kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

   11. Jamg’arma, Jamg’armaning mablag’larini aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, ma’lumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, radioeshittirish va televideniyening aniq loyihalariga ajratishda shartlarni belgilashga haqlidir.

   12. Jamg’arma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablag’larini jalb etish huquqiga ega emas.

   13. Jamg’arma qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Jamg’arma Kengashining qarorlariga muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.

VI. JAMG’ARMANING MAJBURIYATLARI

   14. Jamg’arma:

   resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlashga;

   mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi va hisobotini yuritishga;

  har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tugagan davr uchun Jamg’arma faoliyati to’g’risida yoyma hisobot taqdim etishga;

  Jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat qilishga;

  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlarining barcha turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko’maklashishga;

  har yilning 1 dekabridan kechikmay choraklar, tushum manbalari va xarajatlar yo’nalishlari bo’yicha navbatdagi yilga prognoz byudjetni tuzishga hamda uni Jamg’arma Kengashi tasdiqlashi uchun kiritishga;

  har bir kalendar chorakdan keyin yigirma kun mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tugagan chorak uchun moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida hisobot taqdim etishga majburdir. 

VII. JAMG’ARMANI BOSHQARISH

  15. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" rahbarlarining o’rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Jamg’arma Kengashi Jamg’armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. 

   Jamg’arma Kengashining shaxsiy tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

   Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari Jamg’arma Kengashining raisi hisoblanadi. 

   Jamg’arma Kengashi raisi va a’zolari o’z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.

   16. Jamg’arma Kengashi mablag’lardan, shu jumladan, foydadan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamg’arma byudjetini ko’rib chiqadi va mablag’lardan foydalanish to’g’risida Jamg’arma direktorining hisobotini eshitadi, shuningdek zaruriyat bo’lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Jamg’arma boshqaruv apparati tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo’ladi.

   17. Jamg’arma Kengashi majlislari bir chorakda kamida bir marta o’tkaziladi. Zarurat bo’lganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.

   18. Jamg’armaning joriy faoliyatiga va Jamg’arma Kengashi qarorlari bajarilishiga rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan hamda lavozimga Jamg’arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 27.06.2015 y. 171-son Qarori tahriridagi band)

   19. Jamg’arma direktori:

   Jamg’armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg’armaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;

   Jamg’arma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi;

  davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamg’arma manfaatlarini ifodalaydi;

  yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg’arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamg’arma nomidan ishonchnomasiz ish ko’radi;

  shtat ro’yxatini, Jamg’arma mablag’lari hisobiga Jamg’arma apparati ta’minotiga xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamg’arma Kengashiga taqdim etadi;

   lavozim yo’riqnomalarini va Jamg’armaning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;

   Jamg’arma nomidan da’vo arizalari beradi;

   Jamg’arma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

   ushbu Nizomga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi.

   20. Jamg’arma O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatiladi va qayta tashkil etiladi.