Helpline
(+998-71) 238 42 87
28/05/2017
+5.4 C
Предприятия профинансированные Фондом
Акционерная компания «Узбектелеком»

Акционерная компания «Узбектелеком» крупнейший оператор телекоммуникаций, который охватывает своей сетью всю территорию Республики Узбекистан.

АК «Узбектелеком» постоянно взаимодействует с международными организациями связи, участвует в международных телекоммуникационных проектах, осуществляет двустороннее сотрудничество с зарубежными операторами и компаниями-производителями телекоммуникационного оборудования.

Moliyalashtirishni amalga oshirish va ajratilgan mablag`larni maqsadli ishlatilishini monitoringdan o`tkazish tartibi

     Axborot –kommuniktsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi

mablag’lari hisobidan moliyalashtirishni  amalga oshirish va

ajratilgan mablag’larning maqsadli ishlatilishini monitoringdan o’tkazish tartibi

 

                                                                           Umumiy qoidalar

1. Mazkur tartib O’zbekiston Respublikasining Fuqorolik kodeksi, “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tenologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi PF-3080-sonli va  2015 yil 04 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etish to’g’risida”gi UP-4702-sonli Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti   2015 yil 4 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PP-2293-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200-sonli, 2015 yil 10 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 87-son Qarori  va 2012 yil 19 dekabrdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasini yanada rivojlantirish va uning mablag’laridan samarali foydalanish to’g’risida”gi 356-sonli qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi "Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-1987-sonli, 2003 yil 23 dekabrdagi "Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to’g’risida"gi PF-3367-sonli farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 maydagi 232-sonli “Kichik tadbirkorlikni rivojlantrishni rag’batlantirish mexnizmini takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 21 fevralda 1548-son bilan ro’yhatdan o’tkazilgan 2005 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi (273-V-sonli)  va Moliya vazirligi (111-sonli)  tomonidan ishlab chiqilgan  “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga byudjetdan tashqari jamg’armalar va “Tadbirkorbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to’g’risidagi nizom"ga va  boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

2. Ushbu tartib Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi (bundan keyin matnda – Jamg’arma deb ataladi) mablag’lari hisobidan:

2.1. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlarini qo’shimcha ravishda moddiy rag’batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha xarajatlarni;

2.2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi xodimlarini qo’shimcha moddiy rag’batlantirish bo’yicha xarajatlar va inspektsiyasining faoliyati bilan bog’liq boshqa xarajatlarni;

2.3.Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, "Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi - UNICON.UZ" DUK huzurida faoliyat ko’rsatadigan Aloqa ob’ektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Atamashunoslik va lug’atlar xizmati, ZiyoNet tarmog’i resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, "O’zinfokom" kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat ko’rsatadigan O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan ta’minlash va rivojlantirish guruhi, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ta’minoti bilan bog’liq xarajatlarni;

2.4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalar, pochta aloqasi texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment va iqtisodiyot kasblar, ta’lim yo’nalishlari va ixtisoslashuvlar bo’yicha oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtidorli talabalari va o’quvchilari uchun O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining stipendiyalarini;

2.5. Litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan to’lanadigan to’lov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanktsiyalarining undirishdan tushgan mablag’lar summasining 5 foizi miqdorida davlat boji O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga ajratilishi bo’yicha xarajatlarni;

2.6. Aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida quyidagi yo’nalishdagi ustuvor loyihalarni amalga oshirilishini;

-davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, ma’lumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, "Elektron Hukumat" tizimlarini va davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borish;

-xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televidenie va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

-Internet tarmog’ining milliy segmentini shakllantirishni, turli yo’nalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo’lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirish;

-davlat axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borish;

-aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida ma’lumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etish;

-aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o’qitish tizimi;

-axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini ta’minlash bo’yicha texnik infratuzilmani rivojlantirish;

-tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruktsiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish;

-efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga to’sqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-o’lchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplash;

-axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-ko’ngilochar va ta’lim yo’nalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;

-qishloq joylarda xizmatlar ko’rsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televidenie tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berish;

-O’zbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;

-operatorlar va provayderlar tomonidan ko’rsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirish;

-dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yo’nalishlari bo’yicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar o’tkazish yo’li bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini rag’batlantirish.

2.7. Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish;

2.8. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, zamonaviy ilmiy-texnik daraja talablariga javob beradigan me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqish;

2.9.Davlat buyurtmalari loyihalarini bajarish;

2.10. Maxsus tadbirlar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish tartibini belgilab beradi.

        

                                                     Jamg’arma mablag’laridan foydalanish tartibi

3. Jamg’arma mablag’larini ajratish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasini yanada rivojlantirish va uning mablag’laridan samarali foydalanish to’g’risida”gi 356-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Jamg’arma Nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. 

4. Jamg’arma mablag’lari faqat tegishli litsenziyalar asosida o’z faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida o’quv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga ma’lumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish uchun ajratiladi.

5. Jamg’arma mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovida maqullanib, Jamg’armaning tasdiqlangan yillik byudjetiga kiritilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televidenie vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalari moliyalashtiriladi.

6. Jamg’arma mablag’lari:

-beg’araz, moliyaviy-kapital qo’yilmalar va grantlar ko’rinishida moliyalashtirish;

-tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida moliyalashtirish;

-aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladigan qarzlar, vaqtinchalik moliyaviy yordamlar;

-Jamg’armaning Aktsiyadorlik tijorat «Aloqabank»da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida maqsadli ajratiladi.

7.  Jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Aktsiyadorlik tijorat "Aloqabank"da ekspertizadan o’tgan bo’lishi kerak

8. Jamg’arma  ajratilgan mablag’larga doir moliyalashtirish tartibini va mablag’larning maqsadli ishlatilishini monitoringdan o’tkazish bo’yicha tartiblarni, yo’riqnomalarni ishlab chiqadi, shuningdek kredit liniyasi ochish bo’yicha bank bilan bosh kelishuv va boshqa moliyalashtirish shartnomalarni imzolaydi.

9. Beg’araz moliyalashtirish uchun mablag’ oluvchilarga Jamg’armaga har yili kelib tushadigan mablag’lardan 50 foizdan ko’p bo’lmagan miqdorida (xarajatlar smetasi va O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan moliyalashtiriladigan loyihalarni  hisobga olmagan holda) mablag’ ajratiladi.

10. Yuridik shaxslar yilning har choragida Jamg’armadan olingan mablag’lar ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadilar va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.

11. Jamg’arma mablag’lari Jamg’armaning tasdiqlangan byudjetiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida va  Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ekspertizadan o’tgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televidenie vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablag’larga foydalanilishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablag’lar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.

 

Loyihalarni beg’araz moliyalashtirish

12. Mablag’ oluvchi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovida maqullanib, Jamg’armaning tasdiqlangan yillik byudjetiga kiritilgan loyihalar bo’yicha Jamg’armaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

- Jamg’arma direktori nomiga mablag’ oluvchi tomonidan loyiha uchun mablag’ ajratish va moliyalashtirish uchun taqdim etilayogan loyihaga tegishli hujjatlar ilova qilinayotgan xat;

- loyiha (loyihada uning nomi, maqsadi, bajarish muddati, texnik-iqtisodiy asoslari, loyihaning tanlovdan o’tgan qiymati, barcha hisob-kitoblari, mablag’ olish va uni o’zlashtirish muddatlari ko’rastilgan moliyalashtirish sxemasi va loyihaga oid boshqa ma’lumot va axborotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak);

- O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ekspert xulosasi (zarur bo’lganda AT “Aloqabank”ning ham ekspert xulosasi);

- loyiha doirasidagi jihoz, materiallar va boshqa qiymatliklarni etkazib beruvchilardan xarid qilish uchun  o’tkazilgan tender natijalariga tegishli hujjatlar;

- loyihani moliyalashtirish bo’yicha imzolanadigan shartnomani to’ldirish uchun mablag’ oluvchining yuridik va pochta manzillari, bog’lanish telefon raqamlari, elektron manzili, bank rekvizitlari (AT “Aloqabank” yoki O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida ochilgan maxsus hisob-raqamlari, hisob varaqlari), rahbar va bosh buxgalterning familiya va initsiallari to’g’risidagi ma’lumotlar;

- mablag’ ajratiladigan loyihadan ko’riladigan iqtisodiy samaradorlik to’g’risidagi ma’lumotlar (istiqboladagi bashoratlar).

13. Jamg’arma mablag’ oluvchidan, uning faoliyatiga taalluqli va moliyalashtirilishi kerak bo’lgan loyihalar bo’yicha qo’shimcha axborot talab qilishi mumkin.

14. Mablag’ olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar mablag’ oluvchini rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan bo’lishi kerak.

15. Loyihalarga oid hujjatlar jildida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus tanlov komissiyasining bayoni va Jamg’arma Kengashining bayonlari tikilgan bo’lishi kerak.

16. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni tanlash Komissiyasi tanlovidan o’tkazilmagan va Jamg’armaning yillik byudjetiga kiritilmagan loyihalar Jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtirilmaydi va ular bo’yicha taqdim etilgan hujjatlarga, murojat qiluvchiga Jamg’armaga tomonidan rad javobining asoslangan sababi ko’rsatilgan holda xat yuboriladi.

17. Ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish Jamg’armaga tegishli hujjatlar to’liq taqdim etilgandan keyin o’zaro imzolangan shartnomalar orqali amalga oshiriladi.

18. Mablag’larni beg’araz ajratish uchun asos bo’lib Jamg’arma Kengashining qarori hisoblanadi.

 

                                Ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazilishini

                                                    va dasturlar ishlab chiqishni moliyalashtirish

19. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi mablag’lari hisobidan ilmiy-taqdqiqot ishlari o’tkazilishini va dasturlar ishlab chiqilishini  moliyalashtirish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

19.1. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrug’i va ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlar ro’yhati;

19.2. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ilmiy-texnik Kengashining qaroridan ko’chirma;

19.3.  O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va dasturlar ishlab chiqish hamda ularni moliyalashtirish bo’yicha Buyurtmachi, Bajaruvchi va Moliyalashtiruvchi o’rtasida imzolangan uchyoqlamali shartnoma. Uchyoqlamali shartnomaga quyidagilar ilova qilingan bo’lishi kerak:

- ITIni amalga oshirish uchun texnik topshiriq;

- ITIni amalga oshirish ish reja taqvimi;

- ITIni amalga oshirish narxi bo’yicha kelishish bayonnomasi;

- ITIni moliyalashtirish grafigi;

- Rejaviy kalkulyatsiya yoyilmasi.

19.4. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan Bajaruvchi va Buyurtmachi o’rtasida imzolangan ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlar ishlab chiqish bo’yicha bajarilgan ishlarni topshirish - qabul qilish dalolatnomalar va hisob-fakturalar.

20. Ilmiy-tadqiqot ishlarini va dasturlar ishlab chiqilishini bajarish uchun Buyurtmachi, Bajaruvchi va Moliyalashtiruvchi o’rtasida imzolangan uchyoqlamali shartnomalarda ko’rsatilgan miqdorlarda bo’nak to’lovi amalga oshiriladi.

21. Jamg’arma Kengashi jamg’armaning yillik byudjetiga kiritilgan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo’yicha ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishini jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtirishni ma’qullaydi.

 

Me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlarni

ishlab chiqilishini moliyalashtirish

22. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi mablag’lari hisobidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, zamonaviy ilmiy-texnik daraja talablariga javob beradigan me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini  moliyalashtirish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

22.1. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrug’i va me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ro’yhati;

22.2. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ilmiy-texnik Kengashining qaroridan ko’chirma;

22.3.  O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni moliyalashtirish bo’yicha Buyurtmachi, Bajaruvchi va Moliyalashtiruvchi o’rtasida imzolangan uchyoqlamali shartnoma. Uchyoqlamali shartnomaga quyidagilar ilova qilingan bo’lishi kerak:

- MH va MT hujjatni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq;

- MH va MT hujjatni ishlab chiqish ish reja taqvimi;

- MH va MT hujjatni ishlab chiqish narxi bo’yicha kelishish bayonnomasi;

- MH va MT hujjatni ishlab chiqishni moliyalashtirish grafigi;

- Rejaviy kalkulyatsiya yoyilmasi.

22.4. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan Bajaruvchi va Buyurtmachi o’rtasida imzolangan me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqish bo’yicha bajarilgan ishlarni topshirish - qabul qilish dalolatnomalar va hisob-fakturalar.

23. Me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini bajarish uchun Buyurtmachi, Bajaruvchi va Moliyalashtiruvchi o’rtasida imzolangan uchyoqlamali shartnomalarda ko’rsatilgan miqdorlarda bo’nak to’lovi amalga oshiriladi.

24. Jamg’arma Kengashi jamg’armaning yillik byudjetiga kiritilgan me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqilishini jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtirishni ma’qullaydi.

 

Jamg’armaning Aktsiyadorlik tijorat «Aloqabank»da ochilgan

kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida mablag’ ajratish

25. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovida maqullanib, Jamg’armaning tasdiqlangan yillik byudjetiga kiritilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televidenie vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalar Jamg’armaning Aktsiyadorlik tijorat “Aloqabank№da ochilgan kredit liniyasi orqali moliyalashtiriladi.

26.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasining mablag’lari hisobidan moliyalashtirish AT “Aloqbank”ning “Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik sub’ektlari hamda kichik biznes sub’ektlarini byudjetdan tashqari axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasining kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi to’g’risida” gi Nizomiga va Jamg’arma kredit liniyasi ochish to’g’risidagi Jamg’arma va AT “Aloqabank” o’rtasida imzolangan Bosh kelishuvga asosan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.

27. Bosh kelishuvda ochiladigan kredit liniyalariga xizmat ko’rsatishning asosiy shartlari to’g’risidagi o’zaro majburiyatlar, investitsion loyihalarga qo’yiladigan talablar, o’zini qoplash muddatlariga muvofiq kreditlash muddatlari, kreditlashning imtiyozli davrlarini taqdim etish shartlari, imtiyozli foiz stavkasi, bank marjasi va boshqalar bayon etilgan bo’lishi kerak.

28. Kredit mablag’larini aloqa,  axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mulkchilik shakllaridan qat’i nazar faqat yuridik shaxslar olish huquqiga egadir.

29. Kredit liniyasi orqali ajratilgan mablag’larni olish uchun AT “Aloqabank” Jamg’armaga yozma ravishda murojaat qiladi. Mazkur murojaat xatida quyidagilar ko’rsatilishi va ilova qilinish kerak:

- Bank va Loyihani amalga oshiruvchi o’rtasida imzolangan kredit shartnomasi nusxasi;

-Loyihaga oid hujjatlar;

-Kredit liniyasi uchun ochilgan bank rekvizitlari;

-Kredit mablag’i uchun so’rovnoma.

30. Loyihalarga  Jamg’arma kreditlari uning tasdiqlangan byudjetga asosan AT “Aloqabank”ning kredit liniyasi orqali qisqa muddatga – 1 yilgacha va o’rta muddatga – 3 yilgacha  beriladi.

31. Jamg’arma kreditlari loyihalarni  moliyalashtirish uchun qisqa muddatli va o’rta muddatli davrlarining 1G’3 qismigacha imtiyozli davrga muddatni uzaytirish huquqisiz hamda  kredit mablag’larini o’z vaqtida qaytarib berish va maqsadli foydalanish sharti bilan ajratiladi.

32. Kreditni ajratishda  Jamg’arma hisobidan Jamg’arma Kengashining qarori bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi moliyalashtirish stavkasiga telekommunikatsiya korxonalari uchun 1G’2 qism miqdorida va pochta aloqasi korxonalari uchun 1G’4 qism miqdorida imtiyozli foiz stavkasi belgilandi.

33. Kredit mablag’laridan avval olingan kreditlarni to’lash, zararlar o’rnini, shuningdek mablag’ oluvchilarning xodimlariga ish haqlari bo’yicha qarzdorliklarini qoplash uchun foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

34. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohalarini rivojlantirishga doir loyihalar uchun kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va boshqa xo’jalik sub’ektlari Jamg’armaning kredit mablag’larini olish uchun AT “Aloqabank”ga va uning joylardagi filiallariga o’rnatilgan tartibda murojat qiladilar.

35. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini AT “Aloqabank”ning kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish Jamg’arma va AT “Aloqabank” o’rtasidagi Bosh kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.

36. Kredit liniyasini ochish uchun AT “Aloqabank” shartnomalarni imzolash huquqini uning joylardagi filiallariga ham bergan bo’lsa, shartnomalar ular tomonidan ham tuzilishi mumkin.

37. Kredit liniyasi orqali mablag’lar ajratish uchun asos bo’lib Jamg’arma Kengashining qarori va yil uchun tasdiqlagan jamg’arma byudjeti hisoblanadi.

38. Kredit liniyani ochish uchun o’tkazilgan mablag’larning foizlari bank tomonidan kredit oluvchilaridan foizlarni haqiqiy undirib olinishiga bog’liq bo’lmagan holda hisoblanadi va Jamg’armaning hisob raqamiga to’liq o’tkazib beriladi.

 

Xarajatlar smetalarini moliyalashtirish

39. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan faoliyatni saqlab turish, ta’minot, qo’shimcha moddiy rag’batlantirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga doir xarajatlar smetalari quyidagicha tasdiqlanadi:

-O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyalari faoliyatida mehnat natijalari va samaradorligi yuqori bo’lgan xodimlarni chorak yakunlari bo’yicha qo’shimcha ravishda moddiy rag’batlantirishga va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qo’shimcha xarajatlar smetasi,  Vazirlik huzuridagi Axborot tizimlarini tadqiq qilish markazi va Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazlari faoliyatiga doir xarajatlar smetasi  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi va O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

- Respublika axborot-kutubxona markazi, "Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi - UNICON.UZ" DUK huzurida faoliyat ko’rsatadigan Aloqa ob’ektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Atamashunoslik va lug’atlar xizmati, ZiyoNet tarmog’i resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, "O’zinfokom" kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat ko’rsatadigan O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan ta’minlash va rivojlantirish guruhi, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatiga doir xarajatlar smetasi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasining xarajatlar smetalari Jamg’arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

40. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tegishli tartibda tasdiqlangan faoliyatni saqlab turish, ta’minot, qo’shimcha moddiy rag’batlantirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga doir xarajatlar smetalarini Jamg’armaga taqdim etadi.

41. Jamg’arma boshqaruvi barcha xarajatlar smetalarini moliyalashtirish uchun Jamg’armaning Kengashi yig’ilishi kun tartibiga kiritadi.

42. Jamg’arma Kengashi jamg’armaning yillik byudjetiga kiritilgan xarajatlar smetalarini moliyalashtirishni ma’qullaydi.

43. Xarajatlar smetalariga kiritiladigan asosli barcha o’zgartirishlar va qo’shimchalar tegishli tartibda tasdiqlanadi va Jamg’armaning yillik byudjetiga kiritiladi.

 

O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi byudjetdan tashqari  

   Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga ajratma

44.O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga ajratiladigan litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan to’lanadigan to’lov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanktsiyalarining undirishdan tushgan mablag’lar summasining 5 foizi miqdoridagi davlat boji hisobot oyi tugandan keyingi oyning 10 sanasigacha o’tkazib beriladi.

 

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining stipendiyalari

45.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalar, pochta aloqasi texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment va iqtisodiyot kasblar, ta’lim yo’nalishlari va ixtisoslashuvlar bo’yicha oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtidorli talabalari va o’quvchilari uchun stipendiyalar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tartib asosida ajratiladi.

 

Davlat buyurtmasi loyihalarini moliyalashtirish

46.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi”ning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish Davlat buyurtmasi” ro’yhatiga kiritilgan loyihalar moliyalashtiriladi.

47. Davlat buyurtmasi loyihalarini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

48. Davlat buyurtmasi loyihalarini moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi o’rtasida shartnoma imzolanadi. Mazkur shartnomada belgilangan miqdorda ajratiladigan mablag’larning bo’nak to’lovlari va qolgan qismini loyihalarning bosqichlari bo’yicha bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida hamda mavjud loyihalarni amalga oshirish jadvallariga ko’ra taqdim qilingan talabnomalarga asosan mablag’ oluvchining maxsus hisob-raqamiga o’tkazib beriladi.

 

Moliyaviy-kapital qo’yilmalar va grantlar ko’rinishida

moliyalashtirish va mablag’ oluvchining kapitaliga investitsiya kiritish

49. Loyihalarni moliyaviy-kapital qo’yilmalar va grantlar ko’rinishida moliyalashtirish va mablag’ oluvchining kapitaliga investitsiya kiritish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi hamda tegishli tartib va qoidalar ishlab chiqiladi.

 

Qarz mablag’lar va vaqtinchalik moliyaviy yordam ajratish

50. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladigan qarz mablag’lar va vaqtinchalik moliyaviy yordamlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.

51. Qarz mablag’lar va vaqtinchalik moliyaviy yordamlar ajratish uchun belgilangan tartibda loyiha taqdim etiladi va uchinchi tomon kafilligi talab qilinadi.

 

Jamg’arma mablag’laridan samarali foydalanishni

 hisobga olish va monitoring qilish

52. Mablag’lardan samarali foydalanishni hisobga olish va monitoringini olib borish Jamg’arma tomonidan doimiy ravishda, ajratilgan mablag’lar bo’yicha imzolangan  har bir  shartnoma asosida tomonlar o’z majburyatlarini to’liq  bajargan kunigacha amalga oshiriladi.

53. Moliyalashtirish jarayonida loyiha shartlarining bajarilishi ta’minlash maqsadida mablag’ oluvchi olingan mablag’lardan samarali foydalanishi va ularni o’z vaqtida to’liq hamda maqsadli  ishlatishga yo’naltirishi kerak.

54. Shu maqsadlarda mijozning moliyaviy xo’jalik faoliyati, uning shartnomasiga kiritilgan rejalashtirilgan tadbirlarni bajarilishi, ko’rsatilgan xizmatlari hajmlari, unumsiz xarajatlar va  yo’qotishlar,  foydalar, xususiy aylanma mablag’larning aylanuvchanligi dinamikasi tahlil qilinadi.

55. Jamg’arma mablag’laridan foydalanishni monitoring qilish uchun har bir mablag’ oluvchining nomi, uning amalga oshirayotgan loyihasi nomi, loyiha summasi, mablag’ ajratish turi (kredit mablag’i bo’lsa uni qaytarish va foizlarni to’lash grafigi) va boshqa ma’lumotlarni ko’rsatgan holda maxsus kartochkalar ochiladi. Kartochkaga loyiha tugab mablag’ maqsadli o’zlashtirilgancha va kredit mablag’lari foizlari bilan to’languncha tegishli o’zgarishlar kiritib boriladi.

56. Jamg’arma yoki Vazirlikning viloyatlardagi hududiy boshqarmalari kredit oluvchining ishlarini  Bank vakili bilan joylarga chiqib o’rganish yo’li bilan mablag’lardan maqsadli foydalanishini, buxgalterlik hisobi va hisobotining holatini, balans ma’lumotlarining haqqoniyligini hamda debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini tekshirish huquqiga ega.

57.  Mablag’ oluvchilar ajratilgan va o’zlashtirilgan mablag’larning maqsadli ishlatilishi to’g’risida F-1 (xarajatlar smetasiga tegishli) va F-2 (loyihalarni moliyalashtirishga tegishli) ichki idoraviy shakllar bo’yicha har choraklik va yakuniy hisobotlarini Jamg’armaga taqdim etishlari shart.

58. Mablag’lar maqsadli ishlatilmaganligi uchun Mablag’ oluvchi Jamg’armaga har bir maqsadsiz ishlatilgan  kun uchun 0,1%  miqdorida, lekin aniq loyihalardan kelib  chiqqani holda ajratilgan summaning 20% dan ortiq bo’lmagan miqdorida penya ko’rinishdagi jarimani (neustoyka) to’laydi.

59. Maqsadli ishlatilmagan mablag’lar Jamg’armaga to’lig’icha qaytariladi.


  Yakuniy qoidalar

60. Moliyalashtirish ishlari unga oid barcha hujjatlar to’liq taqdim etilganda amalga oshiriladi. 

61. Jamg’armaga taqdim etilgan loyihalar mazkur loyihalarga  tegishli barcha hujjatlar tahlil qilinib va huquqiy xulosa olingandan so’ng moliyalashtiriladi.

62. Ajratilgan mablag’larni olish, ularni o’zlashtirish va loyihalarni bajarish muddatlarini o’zgartirish O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda Jamg’arma Kengashi tomonida jamg’arma byudjediga o’zgartirish kiritish orqali  amalga oshiriladi. Barcha o’zgartirishlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

63. Mazkur tartibning qabul qilinishi munosabati bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi Kengashining 2011 yil 11 iyuldagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan “Axborot-kommunikatsiya teexnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi tomonidan korxonalarni, boshqaruv apparatlarini ustivor loyihalarni, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi hamda aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini moliyalashtirish tartibi” o’z kuchini yo’qotadi.