Helpline
(+998-71) 238 42 87
Чт 27/04/2017
+5.4 C
Предприятия профинансированные Фондом
Акционерная компания «Узбектелеком»

Акционерная компания «Узбектелеком» крупнейший оператор телекоммуникаций, который охватывает своей сетью всю территорию Республики Узбекистан.

АК «Узбектелеком» постоянно взаимодействует с международными организациями связи, участвует в международных телекоммуникационных проектах, осуществляет двустороннее сотрудничество с зарубежными операторами и компаниями-производителями телекоммуникационного оборудования.

Kredit liniyasi orqali mablag` ajratish tartibi

                                       

 

                                               Bosh kelishuv Kredit Liniyasi Ochish to’g’risida

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi, kelgusida «JAMG’ARMA» deb ataladi, o’z Nizomi asosida ish yurituvchi jamg’arma direktori, bir tomondan va Aktsiyadorlik Tijorat «Alokabank», kelgusida «BANK» deb ataladi, o’z Nizomi asosida ish yurituvchi, Aktsiyadorlik Tijorat «Alokabank» Boshkaruvi Raisi ikkinchi tomondan ushbu kelishuvga kelishadilar.

                                                           1.Kredit kelishuvi

           1.1.O’zbekistan Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 23 sentyabrdagi 328-sonli «Aloqa va axborotlashtirish soxasida boshkaruvni tashkil etishni takomillashtrish to’g’risida»gi Karori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-1987-sonli Farmoniga hamda ATB «Alokabank» Kengashida 2003 yil 7 mart 3-son Majlis bayoni bilan ro’yxatga olingan «Aloqa va axborotlashtirish tizimida xizmat ko’rsatayotgan xo’jalik sub’ektlari, hamda kichik va o’rta biznes sub’ektlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg’armasining kredit liniyasi xisobidan kreditlash Tartibi»lariga muvofiq «JAMG’ARMA» mavjud resurs mablag’lari xisobidan o’ziga berilgan vakolatlar doirasida xo’jalik sub’ektlari (davlat tashkilotlari, aktsiyadorilik jamiyatlari, qo’shma korxonalar), xamda kichik va o’rta biznes sub’ektlarini kreditlash uchun 2003 yilda «ALOQABANK»da kredit liniyasini ochadi.

            1.2. «ALOQABANK», «JAMG’ARMA» tomonidan ajratilgan kredit miqdorida mijoz bilan ATB «Alokabank» Kengashida 2003 yil 7 mart 3-son Majlis bayoni bilan ro’yxatga olingan «Aloka va axborotlashtirish tizimida xizmat kursatayotgan xo’jalik sub’ektlari, xamda kichik va o’rta biznes sub’ektlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg’armasining kredit liniyasi xisobidan kreditlash Tartibi» talablari asosida ko’pi bilan 3 yilgacha bo’lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish xuquqsiz, muddatlilik, qaytarishlilik va to’lovlilik printsiplariga amal qilgan holda kredit shartnomasini tuzadi. «JAMG’ARMA» mablag’lari xisobidan mijozga savdo-vositachilik va trast operatsiyalari, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Markaziy bankning qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan mijozning nizomda belgilangan faoliyatiga zid bo’lgan faoliyatlarga kredit berilmaydi.

          1.3.«ALOQABANK» o’zining viloyat, tuman (shahar) bo’limlari kredit komissiyalariga o’zining kredit siyosatida ko’rsatilgan mikdorgacha kredit ajratilishiga vakolat beradi.

          1.4.«JAMG’ARMA»ning kreditlash uchuy yunaltiriladigan mablag’lari, maqsadli ishlatilishi shart. Mablag’larning maqsadli ishlatilishi deganda kreditdan foydalanishda faqatgina biznes- rejada ko’rsatilgan tartibda ishlatilishi tushuniladi.

          1.5.«JAMG’ARMA»ning kreditlash uchun yo’naltiriladigan mablaglari aloqa va axborotlashtirish sohasidagi quyidagi maqsadlar uchun ishlatilishi belgilab qo’yiladi:

  • ma’lumotlar uzatish tarmoqdarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish;
  • aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • aloqa, kompyuter va tarmok,li texnologiyalar, dasturiy maxsulotlar va ma’lumotlarning elektron bazalari soxasida mutaxassislar tayyorlash va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o’qitish tizimi;
  • aloqa va axborotlashtirish sohasini rekonstruktsiya qilish, rivojlantirish va kompyuterlashtirish loyixalari;
  • sifatli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va mamlakatimizning dasturiy maxsulotlarini ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;
  • chekka aloqa punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maksadli qayta jixozlash va yanada rivojlantirish.

 

 

                       2.  Kredit liniyalari ochish tartibi

          2.1.«JAMG’ARMA», «ALOQAB ANK» ning viloyat bo’linmalari orqali kredit liniyalarini joylashtirish uchun o’z vakolatini beradi.

          2.2.«JAMG’ARMA» kredit liniyalari xisobidan beriladigan kreditlar uchun o’rnatilgan imtiyozli foiz stavkalari kreditlanayotgan investitsion loyihalarning yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda bank marjasini qo’shib hisobga olgan holda o’rnatiladi.

2.3.Imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizida, bank marjasi esa imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi mikdorida belgilanadi.

           2.4.Keyingi kredit liniyasi ochish uchun «JAMG’ARMA» va «ALOQABANK» o’rtasida kredit shartnomasiga yangi kredit liniyalari summasi ko’rsatilgan qo’shimcha kelishuv imzolanadi.

                                                                      3.   Hisob-kitoblar tartibi.

           3.1.Kredit liniyasi ochish uchun «JAMG’ARMA» tomonidan ssuda xisob varag’iga o’tkazilgan mablaglarga foizlar xisoblash va uni to’lash «BANK» tomonidan mijozlardan foizlarni undirib olinishidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.

                                                             4   .Tomonlarning xuquq  va majburiyatlari:

4.1. Bank majburiyatlari:

4.1.1. Mijoz bilan kredit shartnomasi tuzishdan oldin uning moliyaviy axvolini to’lik, tahlil qilish;

4.1.2.  Qarz oluvchining moliyaviy xolati, kreditga layoqatliligini, to’lov qobiliyatini, kredit mablag’ini ajratish maksadga muvofik ekanligi to’g’risidagi xulosaning to’g’ri va xaqqoniyligi uchun «ALOQABANK» mas’uldir;

4.1.3.  Agar berilgan kredit mol-mulkni garovga qo’yish bilan ta’minlangan bo’lsa, garovga ko’yilgan mol-mulk bo’yicha mijoz majburiyatlarini bajarilishini doimo nazorat qilib borish;

4.1.4. Berilgan kredit mablag’larning maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda «JAMG’ARMA»ning talabiga binoan «ALOQABANK» ushbu kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismini 100 foiz miqdorida 5 (besh) bank kuni davomida «Qarz oluvchi»dan undirib olish olmasligidan qat’iy nazar «JAMG’ARMA»ga o’tkazib beradi;

4.1.5. «ALOQABANK» kredit liniyasi ochish uchun «JAMG’ARMA»ga «BANK» Kredit Qo’mitasi qarorini va ajratilayotgan sub’ektlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini, kredit summasini ko’rsatgan xolda taqdim etadi.

4.1.6.  «JAMG’ARMA» tomonidan kredit liniyasi ochish uchun «ALOQABANK»ga berilgan kreditning mijozlarni kredit shartnomasida belgilangan maqsadlarga kreditlashga sarflangan miqdoriga «BANK», bosh kelishuvda belgilab qo’yilgan bank marjasini chegirib tashlangan xolda, imtiyozli foiz stavkasi mikdorida xar chorakda foizlar xisoblaydi va xisoblangan foizlarni xar chorrak oxirgi oyining 30 kuniga «JAMG’ARMA»ning maxsus bank xisobvarag’iga o’tkazib beradi.

4.1.7. «ALOQABANK» va jamg’arma o’rtasida tuzilgan shartnomada kreditni qaytarish grafigi ilova qilinadi, kichik va o’rta biznes sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlar uchun, kredit liniyasining amal qilish muddati tugagandan so’ng «ALOQABANK» mazkur kredit liniyasi bo’yicha olingan kreditlarni mijozdan o’rnatilgan tartibga ko’ra, kreditni qaytarish grafigi asosida undiradi va mijozdan undirilishi yoki undira olmaganligidan qat’iy nazar kreditning asosiy summasini hamda xisoblangan foizlarni qo’shgan holda «JAMG’ARMA»ning xisob raqamiga qaytaradi.

O’zbekiston Aloqa va informatizatsiya agentligi qoshidagi ekspert komissiyasiniig xulosasi bilan, xo’jalik sub’ektlari (davlat tashkilotlari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar)ga ajratiladigan kredit miqdori 10000 (un ming) AQSh dollari ekvivalentidan oshgan kreditlar uchun karzdor (karzdorlar) tomonidan kredit qaytarilmagan dollarda «JAMG’ARMA»ga qaytarilmagan miqdoriga teng qismining 50 foizini qaytarish majburiyatini oladi.

4.1.8. ALOQABANK» xar oyning 10 kunigacha oldingi oy uchun «JAMG’ARMA»ga xamda kredit liniyalarini o’zlashtirish xolati to’g’risida ushbu kreditlarni olgan mijozlar ro’yxati ilova qilingan xolda xisobot takdim etadi va xar chorakda bir marta xaqiqatda xisoblangan va to’langan foiz tulovlari hamda kredit liniyasiga ko’ra ishlatilgan mablag’lar bo’yicha “JAMG’ARMA” va “ALOQABANK” o’zaro solishtirma dalolatnoma tuzib boradi.

               

                                                                  4.2.  «JAMG’ARMA» majburiyatlari:

4.2.1. «JAMG’ARMA» «ALOQABANK» tomonidan takdim etilgan kredit buyurtnomasiga asosai kredit liniyasi ochish bo’yicha 5 (besh) ish kuni davomida tezkor qaror qabul qiladi va shunga doir majlis qarori bayonini «ALOQABANK»ga taqdim qiladi;

4.2.2. «ALOQABANK» tomonidan «JAMG’ARMA»ga kredit ajratilishi uchun buyurtma taqdim etilganda «JAMG’ARMA» buyurtmani 5 (besh) ish kunida ko’rib chiqib, kredit liniyasi ochish xaqida kredit shartnomasi tuzadi;

 4.2.3. «JAMG’ARMA»ga, xo’jalik sub’ektlari (davlat tashkilotlari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar) tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Aloqa axborotlashtirish va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspert komissiyasining xulosasi bilan, kredit ajratilishi uchun buyurtma taqdim etilganda «JAMG’ARMA» buyurtmani 10 (un) ish kunida ko’rib chiqib, kredit liniyasi ochish xaqida «ALOQABANK»ga ma’lumot beradi;

4.2.4. Kredit liniyasi ochish xaqida kredit shartnomasi imzolangan kunning ertasidan kechiktirilmagan holda mablag’larni muddatiga qarab ochiladigan «Byudjetdan tashqari fondlardan olingan ssudalar» balans xisob varag’iga o’tkazib beradi.

                                                                   4.3.  «ALOQABANK» xuquqlari

4.3.1.«JAMG’ARMA» tomonidan ochilgan kredit liniyasi bo’yicha olingan mablag’lardan mijozlarni maqsadli va imtiyozli kreditlash uchun ishlatish;

 4.3.2. Ushbu kreditlar uchun xisoblangan foizlarning 50 foizini daromad sifatida olib kolish;

 

                                                                    4.4.  “JAMG’ARMA” xuquqlari

4.4.1.  «ALOQABANK»dan mijoz tomonidan olingan kredit mablag’larining maqsadli ishlatilishi, moliyaviy xolatts xaqida ma’lumotlar olish;

 4.4.2. «ALOQABANK» tomonidan berilgan kredit mablag’larning maqsadli ishlatilishi mijozning kredit yig’ma jildlarini o’rganish yo’li bilan, xamda «ALOQABANK»ning vakili birgalikda joylarga chiqqan holda o’rganib chiqish. «Qarz oluvchi»ni o’rganish «JAMG’ARMA» tomonidan bir yilda ko’pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin. O’rganish natijalariga ko’ra «Qarz oluvchi» shartnoma talablarini buzganligi aniqlangan xollarda qo’shimcha ravishda o’rganuv o’tkazilishi mumkin. Ushbu xolat «ALOQABANK» va “Mijoz” o’rtasidagi kredit shartnomasida ko’zda tutilishi lozim.

                                                                       5.  Taraflarning javobgarligi

  5.1. Taraflardan biri Bosh kelishuv majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-xuquqiy bazasi to’g’risida»gi Qonunda, O’zbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksida va  xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo’ladi.

 

                                                                       6.   Nizolarni xal etish tartibi.

6.1. Ushbu Bosh kelishuvda yoki unga bog’lik masalalar yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar taraflarning kelishuvi bilan xal qilinadi.

 6.2. Taraflarning kelishuvi bilan xal qilib bo’lmaydigan nizolar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xo’jalik sudi orqali xal qilinadi.

 

                                                                               7.Boshqa shartlar.

7.1.Ushbu Bosh kelishuv taraflar tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va taraflar o’z majburiyatlarini to’liq bajargunga qadar amal qiladi.

7.2. Ushbu Bosh kelishuvga kiritiladigan barcha  kushimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib, taraflar tomonidan imzolangandan keyingina xakikiy xisoblanadi.

7.3. Ushbu Bosh kelishuv bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan ikkita nusxada tuzilib, taraflarning xar biriga bir nusxadan beliladi.