Other news
Helpline
(+998-71) 238 42 87
28/05/2017
+5.4 C
Konstitutsiya – huquqiy jamiyat poydevori
2016 yilning 6 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. 
"Konstitutsiya – huquqiy jamiyat poydevori" mavzuidagi tadbirda yuridik fanlari nomzodi I.V.Kudryavsev chiqish qilib, 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz suveren davlat tarixida yangi bir sahifa ochganini ta’kidladi. Unda ifoda topgan demokratik tamoyillar bugun fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Uchrashuvda bosh qomusimizda belgilangan inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi qayd etildi. 
 
Bosh qomusimizda mustahkamlangan huquqiy normalar davlatni modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning asosi sifatida xalqimizni yagona maqsad yo‘lida birlashtirib turgan hayotbaxsh manba ekani alohida ta’kidlandi. Mamlakatimizda erishilayotgan barcha yutuq va marralar, yosh avlodimiz xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlar zamirida Asosiy qonunimizda belgilangan huquq va kafolatlar ifodasi mujassam.